-A A +A

Bo’g’imlarni Ultratovush tekshiruvi

Bo’g’imlarni Ultratovush tekshiruvi – bu bo’g’im apparatining tekshiruvining noinvaziv  usuli. Ushbu tekshiruv aynan yumshoq to’qimalar – mushaklar, paylar, kemirchaklar, paychalarning vizual ko’inishini beradi. Ultratovush tekshiruvida ushbu tuzilmalarning kamchiliklarini, shish shakllarini aniqlash, ichki bo’g’im serozi (yallig’lanish suyuqligi) yoki gemorragik oqish (qon ketishi)ni baholash imkonini beradi.

Ultratovush tekshiruvi turli hil bo’g’imlarda o’tkazish mumkin:

Tos suyagining son suyagi bilan boshlanishi

Tizza

Oyoq yuzi bo’g’imlari

Yelka

Tirsak

Bilak

Bo’g’im tuzilishidagi o’zgarishlarning vizual tekshiruvidan tashqari, UTT suyak chiqqandan, travmatik shikastni diagnostika qilishda muhim bo’lgan, harakatdagi bo’g’imning ishini baholash imkonini beradi.

 

Bo’g’imlarning ultratovush tekshiruvi (artrosonografiya) quyidagi patologik holatlarda va alomatlarda ko’rsatilgan:

·         Sinoviit

·         Tendinit

·         Legamentit

·         Sinovial kista

·         Bursit

·         Paylarning uzilishi

·         Paychalarning  uzilishi

·         Bo’g’im yonidagi mushaklarning uzilishi

·         Bo’g’im tashqi suyaklarning nurash kamchiligi

·         Kemirchak to’qimaning degenerativ shikasti

·         Menisk shikasti

·         Artrozlar

·         Artrit

·         Koksartroz

UTT bo’g’imlar, shaqillash, g’archillash, harakatchanlikning cheklanishi, ushbu sohadagi mushak og’riqlari, shishlar paydo bo’lishi, bo’g’imlarning qavarishida tayinlanadi.