-A A +A

Echocardiography

Exokardiografiya

Bo’limda SAMSUNG firmasining ultratovush skaneri bor. Samsung Medison kompaniyasining Accuvix V20-ultratovush skaneri, rangli, ikki tomonlama energiyali, to’qimali, impulsli va doimiy to’lqinli dopplerli, real vaqtdagi uch o’lchamli UTT, eksport sinfi hisoblanadi. Eng yuqori qaror qobiliyati, ikki o’lchamli (gibrid bimformer) va uch o’lchamli tasvirni shakllantiruvchi yangi texnologiyalar, intim-media majmuasini avtomatik xisoboti, toqimalarni egiluvchanligini sifatli va miqdorli baholashi, Accuvix V20 skanerini zamonaviy diagnostika markazlarida va tibbiy tekshiruv institutlarida qo’llashni tafsiya qilinadi. Accuvix V20 skanerini qo’llash soxalari – akusherlik – ginekologiya, abdominal tekshiruvlar va mammologiya, urologiya va kardiologiya, yuza joylashgan a’zolar va tomirlarni tekshirish, muskul-skelet tekshiruvi, hamda nefrologiya, onkologiya, kattalarda transkranial dopplerografiya, pediatriya va neonatologiya. Tekshiruvning zamonaviy ultratovush usuli Exokardiografiya hisoblanadi. Ayna u, yurak va tomirlarning aniq tasvirini olish imkonini beradi. Exokardiografiya qilish – hozir vaqtda baholash degani:

·         Yurak mushaklarning ishlashi;

·         4 kamera va klapanlarning holati;

·         Yurak bo’shliqlarining hajmlari va ulardagi bosim;

·         Yurak devorining qalinligi;

·         Ichki yurak qon aylanishi tezligi (qonning harakati);

Ushbu usul, ichki tromblar, yurak nuqsonlari (tug’ma yoki orttirilgan), asinergiya zonalari (aniqlangan harakatlarni amalga oshirish sikli qobiliyatining buzilishi), klapanlardagi o’zgashirlar.

Ushbu ultratovush usuli, normal holatdagi yurakni baholash uchun, hamda biron-bir yurak kasalliklarining kelib chiqanida qollaniladi. Exokardiografiya, agarda o’pka arteriyalarning bosimi olchash zarur bo’lgan hollarda ham qo’llaniladi.

Exokgning afzalliklari

Exokg, yurak-tomir kasalliklarning hamda yurakdagi nuqsonlarni aniqlash jarayonida, quyidagilarga bog’liq bo’lgan, o’zining asosiy xarakteri sababli asosiy vosita hisoblanadi:

1.       Zamonaviylik;

2.       Havfsizlik;

3.       Og’riqsizlik;

4.       Yuqori axborot tarkibi.

Exokardiografiya organizmga hech qanday yomon ta’sir qilmaydi, jarohatlamaydi, nurlantirmaydi, og’ritmaydi, qo’shimcha ta’sirlar o’tkazmaydi.  Jarayon bir necha daqiqadan 45 daqiqagacham davom etishi mumkin – bu sipmtomlar va o’tqazish maqsadlariga bog’liq. Ushbu tekshiruv yordamida, yurakning asosiy vazifalaridan biri, yurak qisqarishini baholaydi. Ushbu jarayon, natijalarni analiz qiluvchi, miqdor ko’rsatkichlari yordamida amalga oshirilidai, va ushbuga asoslangan holda, doktorlar xulosa chiqarishadi. Mutaxassislar ushbu vasifani pasayishini birlamchi bosqichda  aniqlashlari mumkin, va kerakli muolajani tayinlaydilar. Takroriy exotekshiruv, kasalikni o’tib ketish dinamikasini, hamda davolash natijasini ko’rish imkonini beradi.

Jarayonni o’tkazish ko’rsatmalari

Doktorlarga yordam tariqasida, yurakni UTTni majburiy o’tkazishni tayinlashda, quyidagi simptomlarni paydo bo’lishiga e’tibor berish kerak:

·         Eshitish jarayonida aniqlangan yurakdagi shovkinlar va maromni buzilishi;

·         Yurak atrofidagi va ko’krak qafasdagi og’riqlar;

·         Yurak faoliyatidagi yetishmovchiligi alomatlari (misol uchun, jigar o’lchamining kattalashishi, oyoqlarning shishganligi);

·         Surunkali va o’tkir (infarct miokarda) ishemiya;

·         Tez charchashlik, nafas qisishi, havo yetishmasligi, terining tez-tez oq rangga kirishi, lab, quloq chanoqlari, yuqori va pastki oyoqlarda atrofidagi terning ko’karishi.