-A A +A

Elektroneyromiografiya (ENMG)

Elektroneyromiografiya (ENMG) – bu pereferik asabiy sistema va mushaklarning funksional holatini aniqlash uchun kerak bo’ladigan elektrofiziologik tadqiqot kompleksi.

ENMGning 3 ta turi mavjud:

- Yuzaki ENMG (mushaklarning ixtiyoriy qisqarishi oqibatida impulsning o’tkazuvchanligi aniqlash tadqiqoti, teri ostki elektrodlar orqali o’tkaziladi);

- Lokal ENMG (biopotensiallar ajralishi, konsentrik elektrodlarning mushak orqali kiritilishi yordamida aniqlanadi);

- Qo’zg’atuvchan ENMG (pereferik asabni qo’zg’atish, teri osti orqali va ignali elektrodlar yordamida ham biopotensiallarni ajratilishi amalga oshiriladi).

Zamonaviy elektroneyromiografiyaning imkoniyatlari:

Elektroneyromiografiya asabiy-mushak diagnostika soxasida keng imkoniyatlarni yaratmoqda. Bu uslub quyidagi imkoniyatlarni beradi:

·         inson neyro-mushak tizimining shikastlanish alomatlarini aniqlash;

·         mushaklarning zarar etkazilishi va periferik asab tizimining darajasini aniqlash;

·         kasallikning shartlarini, uning qay darajada va qaysi bosqichdaligini belgilash;

·         ushbu kasallikning rivojlanish suratini oldindan aytish;

·         miya va orqa miyadagi hollardagi kasalliklarning tashxisini o'tkazish;

·         kasallikning rivojlanish dinamikasini kuzatib borish, davolash samaradorligini aniqlash.

Bundan tashqari, elektroneyromiografiya dolzarb differentsial diagnostikani berish ehtimolini aniqlaydi (zararlanish darajasini belgilash):

  • o'tkazuvchan va markaziy shikastlanish;
  • neyronal (orqa miya amiotrofiyasi, siringomiyeliya, yon tomon amiotrofik sklerozi va boshqalar);
  • segmentar orqa miya shikastlanishi;
  • asab-mushak uzatilishidagi chetlashuvchanlik - sinaptik shikastlanish (miastenik sindromi, miasteniya va boshqalar);
  • turli holatdagi nevral shikastlanishlar (asablarning yuqumli-yallig'lanish zararlanishi, kimyoviy yoki metabolik kasalliklardan kelib chiqqan zararlanish, travmatik zararlanish).

Elektromiografiya uchun ko'rsatmalar:

·         Osteoxondroz holatidagi nevrologik ko'rinishlar.

·         Periferik asab va ulanishlarning shikastlanishi.

·         Orqa miya jarohatlari va lat yeyilishi. Miya chalqalishi.

·         Yuz asab tolalarining nevropatiyasi.

·         Yallig’lanish polineyropatiyasi.

·         Zaharli polineyropatiya.

·         Diabetik polineyropatiya.

·         Polimiozit.

·         Endokrin miopatiya.

·         Meros miopatiyasi (miodistrofiya).

·         Nevral amiotrofiya (Sharko-Mari va boshqalar).

·         Bel amiotrofiyasi (Verdniga-Goffmanna va boshqalar).

·         Poliomielitning qolgan ta'siri.

·         Siringomiyeliya.

·         Yon tomon amiotrofik sklerozi.

·         Tarqoq skleroz.

·         Tunnel sindromi.

·         Miasteniya, miastenik sindrom, botulizm.

·         Parkinson sindromi.

·         Asab tizimining funktsional kasalliklari.