-A A +A

UTT

Qorin bo’shlig’I a’zolarining UTT – o’t pufagi, jigar, retroperitoneal bo'shliq, taloq, oshqozonosti bezlar, buyrak va buyrak usti bezlarining tekshiruvini o’z ichiga olgan kompleks tekshiruv hisoblanadi. Tekshiruv, ichki a’zolarni (o’lchamlari va tarkibi) holatini baholash imkonini beradi va boshlang’ich davrida toxtatish imkonini beradi.

Qorin bo’shlig’I UTTsi uchun ko’rsatmalar:

·         Og’izdagi achchiq ta’m

·         Oshqozondagi og’riqlik

·         Ko’ngil aynishi

·         Temperaturaning asossiz ko’tarilishi

·         Qorin, bel, ko’krak ostida og’riq his qilish

·         Kuchli gaz hosil qilish

·         Davolashning amaldagi usulining samaradorligini baholash

·         Onkologik, yuqumli, yallig’lanishli va funksional kasaliklarni tahmin qilish

Qalqonsinom bezni UTT dastlabki tekshiruvlardan so’ng, vrach-endokrinologning tavsiyasi bo’yicha o’tkaziladi. Tekshiruv natijasida aniqlangan tarkibdagi (qattiqlik va tugunlar) o’zgarish bo’lsa, tekshiruv belgilanadi. Qalqonsimon bez UTT quyidagi holatlarda ham o’tkaziladi: garmonlardagi analizning yomon natijalari; tomoqda “Dumoloq” sezilishi, bo’g’ilish; tananing subfebril temperaturasi (37-37,5 °C); ovqatda yo’d miqdori kam bo’lgan joylarda yashash; gormonli dorilarni iste’mol qilish va yog’ bosishi; Homiladorlik va tez yurak urishi.  

Prostataning ultratovush tekshiruvi (prostate UTT) erkaklarda prostate bilan bog’liq yashirin muammolarni aniqlashda yordam beradigan, oddiy tekshiruv sifatida qo’llaniladi. Ultratovush tekshiruvi – patologik o’zgarishlarni aniqlash uchun ko’p foydalaniladigan usullardan biridir. Prostatadagi aks etgan to’lqinlarni qayd qilib boradi. Ushbu tekshiruvda prostataning kattalashishi, patologik rivojlanishi, saratonni (misol uchun, prostata saratoni) aniqlash mumkin.

Bachadon, tuxumdonlarning va ular atrofidagi tos suyagi a’zolarning UTT turli hildagi ginekologik kasalliklarning diagnostikasining eng oddiy usullaridan biri hisoblanadi. Odatda ginekolog doktor, bemorda bachadon va tuxumdonda og’riq (qorindan pastroqda zirqirab og’rish), belda yoki chot orasida og’riq, hamda nomuntazam menstruasiya davrida, haddan ortiq kasal menstruasiya, menstruasiya bog’liq bo’lmagan, qindan qonli yiring paydo bo’lganda,   yoki paydo bo’lganda UTT o’tkazish uchun yo’llanma beradi.

UTT ichki jinsiy a’zolarning va ular atrofidagi to’qimalarni tuzulishi haqidagi aniq tushunchalarni olish va kasallik alomatilari bolish mumkin bolgan, ularning tuzulishidagi kichik farqlarni aniqlash imkonini beradi.