-A A +A

YUQORI TEXNOLOGIK TADQIQOTLAR LABORATORIYASI

Kasimova Gulnaz Maxmutovna – yuqori texnologik tadqiqotlar laboratoriyasi mudiri, biologiya fanlari nomzodi, katta ilmiy hodim, loyiha rahbari. 
Yuqori texnologik tadqiqotlar laboratoriyasi 2002-yili tashkil topgan. Mazkur laboratoriyada yuqori malakali mutaxassislar ish olib borishadi. Ular orasida o’z mutaxassisligi bo’yicha malaka oshirish institutlarida o’z malakasini oshirib kelgan biologiya va tibbiyot fanlari nomzodlari ishlaydi. 2010-2015 yillar oralig’ida mazkur laboratoriya hodimlari tomonidan 220ta ish nashr qilindi. Laboratoriyaning asosiy maqsadi va vazifasi fundamental, amaliy va innovatsion loyihalar bo’yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish hisoblanadi. 
Laboratoriyada ilmiy tadqiqotlar o’tkazish uchun barcha moddiy texnik baza mavjud. 2012 yildan laboratoriyada «Ichki a’zolar va to’qimalarning regenerativ jarayonlarini tartibga solish zarbli-to’lqinli terapiyaning molekulyar mexanizmida yangi bo’g’imlarini aniqlab topilishi» nomli loyiha bo’icha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
Shu bilan birga u yerda xorijda ishlabchiqarilgan («HUMAN», Germaniya)  asbob va uskunalar bilan ta’minlangan.
O’tkaziladigan tahlillar ro’yxati:
1. Qonning biokimyoviy tahlili. Bunda qondagi biokimyoviy ko’rsatkichlarni fotometrik, kolometrik, turbometrik usullar bilan aniqlanadi. Biokimyoviy tekshirishning keng spektoriga quyidagilar kiradi: yallig’lanishli kasalliklarda organizmning immun statusini turbometrik usul (Ig A, Ig G, Ig M) bilan aniqlash yurak qon-tomir kasalliklarida qondan yog’ spektori (xolesterin, triglitserid, X-YZLP, X-PZLP) aniqlanadi. Gepatobilliar patologiyalarda fermentlardan ishqoriy fosfataza, kislotali fosfataza, keratinaza, ALAT, ASAT, bilirubinlar aniqlanadi. 
Tahlillar quyidagi analizatorlarda amalga oshiriladi: «Humalyzer 2000», «Humalyzer Primus» Germaniya «HUMAN» firmasi
2. Qon zardobining immunofermentli tahlili. Organizmning gormonal statusini aniqlaydi: steroid va nosteroid jinsiy gormonlar (testosteron, estradiol, prolaktin), tiroid gormonlar (triodtironin, umumiy tiroksin, erkin tiroksin, triotrop gormoni) immunoglobulin E, virusli infeksiyalarning tahlili (TsMV, OGV, toksoplazma, xlamidiy, mikoplazma, gepatit B va C, OIV-1, OIV-2) xelikobakter pilori, pro va yallig’lanishga qarshi sitokinlar. Tahlillar «Humareader Single», «Humareader HS» Germaniya «HUMAN» firmasi
3. Qonning immunologik tahlili. Natriyurietik peptid, troponin, mioglobin, kretinaza. Yuqorida keltirilgan analizlarga qarab yurak qon-tomir kasalliklariga erta tashxis qo’yish mumkin. Ush bu tahlili «СOBAS h 232 INCLUGING» ROCHE Cardiac analiztorida o’tkaziladi. 
4. Qon ivish tizimining tahlili. Protrombin vaqti: asosan antikoagulyantlar, antigistaminli preparatlar, kortikosteroidlar qabul qilganda muhim ko’rsatkich hisoblanadi.
XNM koeffitsienti: bu qon ketishini oldini olish uchun eng muhim ko’rsatkichlardan biridir.
Aktivlashgan zarrachali tromboplastin vaqti: mazkur test ichki qon ivish omilini aniqlab beradi. Ulardan tashqari fibrinogen va trombin vaqti ham aniqlanadi. Yuqorida so’z yuritilgan tahlillar quyidagi analizatorlar bilan aniqlanadi ikki kanalli avtomatik koagulometr «Humaclot Duo» va bir kanalli koagulometr «Humaclot Junior».
5. Eritrositlarning agregatsion holati va shaklli elementlar tahilil, undan tashqari qon ustida sitologik va morfologik tadqiqotlar olib boriladi. Ushbu tahlillar «TENSION» binokulyar (kompyuterga ulangan raqamli raqamli kamera bilan ta’minlangan) analizatorida amalga oshiriladi.  
 
Bizning laboratoriya hodimlari o’z ilmiy ishlari bilan milliy, MDH va xorij simpozium va konferensiyalarida muntazam qatnashib kelishadi. Hozirda ilmiy-tadqiqot ishlari hujayra va molekulyar darajada olib borilmoqda. Tadqiqotlqrda tajriba hayvonlaridagi har xil patologik jarayonlariga membranatrop, farmokologik preparatlar ta’siri, noan’anaviy davolash usullari, foto va fitoterapiya uaullarining ta’siri o’rganilmoqda.
Laboratoriyada ilmiy-tadqiqot ishlaridan tashqari markazni poliklinika va klinikaning ambulotor bemorlariga to’lov asosida analizlar qilinadi.