-A A +A

Nashr

«O‘zbekiston terapiya axborotnomasi»

xar kvartalda chop etiladigan ilmiy-amaliy jurnal

 (ommaviy axborot vositasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazganligi to‘g‘risida 28.12.2010 y.  0572-sonli  Guvoxnoma)

Muassis - O‘zbekiston terapevtlar  Assotsiatsiyasi.

Jurnal  terapevt, umumiy amaliyot shifokorlari va terapiyaga aloqasi bor mutaxassislarga mo‘ljallangan. 

Cнop etish uchun kardiologiya, pulmonologiya va allergologiya,   revmatologiya, gastroenterologiya, nefrologiya, kardiotserebral patologiya,  ichki kasalliklarida shoshilinch xolatlar, terapiya xizmatini tashkillashtirish, tibbiy reabilitatsiya, fundamental tadqiqotlarga oid maqolalar qabul qilinadi.

Jurnalda original maqolalar, sharxlar, ma’ruza, s’ezd, konferensiya, dissertatsiya ishlaridan, tibbiyot tarixidan materiallar, xamda shifokorlarni qiziqtiriadigan va amaliy ishlarida foydaliy bo‘ladigan axborotlar chop etish mumkin..

Material yangi va xali chop etilmagan bo‘lib, jurnal yo‘nalishiga mos kelishi lozim.

Maqolalar va boshqa materiallarni jurnalda chop etilishi mumkunligini taxririyat kollegiyasi xal qiladi, u qo‘lyozmalarni qisqartirishi va taxririy o‘zgartirishi mumkun. Taxririyat kollegiyasi barcha kelgan materiallarni retsenziyasini tashkil qilib, o‘tkazadi. Maqolalar o‘zbek, rus va  ingliz tillarida qabul qilinadi.

Matnga qo‘yiladigan talablar:

 - shrift – Times New Roman, kegl 14;

qatorlararo interval 1,5;

- maydoni – chapdan – 3 sm, o‘ngdan, yuqori va pastdan -  2 sm dan;

- abzats – 1 sm;

 -betlarning raqamlanishi pastdan va o‘rtadan;

- barcha abbreviatura va qiskartmalarni muallif matnda birinchi bor qo‘llagandan keyin ko‘rsatib o‘tishi lozim;

Maqolaning yoritish ketma-ketligi:

UDK, maqolaning nomi (bosh xarflar bilan), yangi qatordan – muallif(lar)ning familiyasi, ismi va sharifi, yangi qatordan – muassasaning to‘liq nomi, shaxar, mamlakat;

Rezyume(xulosa) o‘zbek, ingiliz va rus tillarida (150-200ta xar bir belgidan ortiq bo‘lmagan xolda), kalit so‘zlar (5-10);

 maqolaning asosiy matni – kirish, tadqiqotning maqsadi, material va usullari, natijalari, muxokama, xulosa va bibliografik ro‘yxati.

Original maqolalarning xajmi, jadval, rasm, adabiyotlar va rezyumeni qo‘shgan xolda 8-10 betdan, obzor va ma’ruzalar esa  - 10-15 betdan oshmasligi lozim.

Maqolalarning yoritilishi aniq va uzoq tarixiy kirishsiz bo‘lishi lozim. Ma’lumotlardagi sonlarning  statistik taxlili albatta bo‘lishi kerak.

Grafika va sxemlar matnli yozuvlar bilan to‘lib ketmagan bo‘lishi kerak. Mikrofotolar va fotolar oq-qora bo‘lishi mumkin.

Jadvallar nomga ega bo‘lishi, kompakt, ko‘rimli bo‘lishi xamda  jadval grafasidagi yozuvlar matndagi yozuvlar bilan mos kelishi kerak. Barcha sonlar matndagi sonlar bilan mos kelishi xamda statistik qayta ishlangan bo‘lishi kerak.

Foydalanilgan adabiyotlar royxati aloxida varoqda keltirilishi va quyidagicha keltirilgan bo‘lishi kerak:

Manbalar alfavitli ketma-ketlikda mualliflarning familiyasi, ismi va sharifini ko‘rsatgan xolda, boshida yurtimizga oid keyin esa xorijiy ma’lumotlar ko‘rsatilishi lozim. Kitob, jurnallardagi maqolalarning nomi, taxririyat joyi, taxririyati, nashr etilgan yili, tomi va yili, betlari «boshlanishidan» «tugashigacha» to‘liq ko‘rsatilishi kerak. Yurtimizdagi mualliflarning chet tilida chop etilayotgan maqolalari umumiy alfavitli tartibda chet el mualliflari qatorida joylashtiriladi, chet el mualliflarininig rus tilidagi ishlari esa umumiy alfavitli tartibda yurtimiz mualliflari qatorida joylashtiriladi. Barcha manbalar raqamlangan bo‘lishi, ularning raqamlari esa qat’iy maqoladagi matn raqamlari bilan mos kelishi kerak.

Agar bir muallifning bir necha ishlari keltirilgan bo‘lsa ular xronologik tartibda joylashtiriladi.

Bibliografiyaning aniqligi uchun muallif ma’suliyatni o‘ziga oladi. Adabiyotlar ro‘yxati 15 tadan oshmasligi kerak,obzorli maqolalardan tashqari.

Maqola A4 formatli qog‘ozda ikki nusxada xamda elektron ko‘rinishda topshiriladi. Ekspert xulosa akti va muassasaning yo‘llanmasi zarur. Chop etishga topshirilgan maqolaning 2-chi nusxasi muassasa raxbari vizasi va muallif(lar) tomonidan imzolangan bo‘lishi kerak. 

Sanab o‘tilgan qoidalarga rioya etilmagan xollarda maqolalar ko‘rib chiqilmasdan mualliflarga qaytarib beriladi.

 Muallif(lar) quyidagi ma’lumotlarni keltirishi kerak: familiya, ism, sharifi(to‘liq), ilmiy darajasi, ilmiy unvoni, asosiy ish joyi (o‘qish),  mansabi, telefon raqamlari, e-mail, pochta manzili.

Muallif (lar) keltirilgan fakt, sitata va boshqa ma’lumotlarga to‘liq javobgarlikni oladilar.

Taxririyat bizning jurnalda nashr  etishni istaganlar bilan xamkorlikda ishlashga umid qiladi.

Barcha savollar bo‘yicha jurnalning ma’sul kotibi Rasulova Zulfiya Dadaevnaga murojaat qilishingiz mumkin.  +99871(234-55-01, 234-34-10)  

www.therapy.uz   E-mail: tervestuz@mail.ru

Taxririyat manzili: 100084, Tashkent, Xurshid kuchasi, 4. «Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy  tibbiyot markazi» AJ, O‘zbekiston terapevtlar Assotsiatsiyasi. 

Jurnalning bosh redaktori – O‘zbekiston terapevtlar Assotsiatsiyasi 

raisi, UzR SSV bosh terapevti,

UzR SSV «Respublika ixtisoslashtirilgan

terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy  tibbiyot markazi» AJ

direktori, professor                                                                                            Alyavi A. L.