-A A +A

Ta'lim

Bizning markazda shifokorlar quyidagi mutaxassisliklar bo’yicha klinik ordinatura o’tishlari mumkin:

-          Ichki kasalliklar (terapiya)

-          Kardiologiya

-          Revmatologiya

-          Reabilitologiya( davolovchi jismoniy tarbiya va sport tibbiyoti, kurortologiya va fizioterapiya).

Klinik ordinaturaga kirish uchun zarur hujjatlar:

-Markaz direktori nomiga ariza

-To’ldirilgan va muxrlangan shaxsiy varaqa

- oliy o’quv yurtini tugatganlik haqida diplom va uning ilovasi, nusxasi (kserokopiya)

-pasportni ko’rsatgan holda nusxani topshirish

-o’quv muassasa yoki ish joyidan tasdiqlangan tavsifnoma

-avtobiografiya

-sog’liq haqida ma’lumotnoma (086 forma)

-mehnat daftarchasi nusxasi

-harbiy kafedradan ma’lumotnoma yoki harbiy hujjatni ko’rsatish va nusxasini topshirish

-6ta fotosurat (3x4 sm)

- skorosshivatel

-2ta konvert

-xamma nusxalar notariusda tasdiqlangan bo’lishi zarur.

Amaliy sog’liqni saqlash va diplomdan so’nggi ta’lim tizimi zaruratlari asoslarida va o’quv dasturlariga mos holda yuqoridagi yo’nalishlarda mutaxassislarni tayyorlash uchun klinik ordinatura uchun o’quv dasturi tuzildi. Klinik ordinatorlar o’quv jarayoni davomida shifokor “kardiolog”, “terapevt”, “ revmatolog”, “ reabilitolog” mutaxassisliklarini malakasiga asosan umumiy va maxsus bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishlari kerak.

Ikki yillik ordinatura O’zbekiston Respublikasi tibbiy oliy o’quv yurtlari bitiruvchilarining diplomdan so’nggi majburiy tayyorlov shakli hisoblanadi.

Ordinaturani tugallagach, bitiruvchilarga kardiolog- shifokor, terapevt-shifokor, revmatolog-shifokor, reabilitolog-shifokor mutaxassisligi beriladi.

Yuqoridagi mutaxassisliklarga ordinaturaga qabul qilinish uchun bo’lajak mutaxassis “davolash ishi” yoki “tibbiy pedagogika” mutaxassisliklari bo’yicha oliy tibbiy ta’limga ega bo’lishlari lozim.

Oliy tibbiy ta’lim haqidagi diplom davlat namunasida bo’lishi kerak.

Klinik ordinatorlarni tayyorlashning asosiy maqsadi sog’liqni saqlash tizimida terapevtik yo’nalishdagi malakali mutaxassislarni mustaqil ish olib borishga tayyorlash.

Ordinatorlarni tayyorlashda markaz direktori boshchiligida va javobgarligi ostida pedagogik va davolash ishi bo’yicha  katta tajribaga ega markazning malakali o’qituvchilari( professor, docent, fan doktori va nomzodi) qatnashadilar.

2016 yil AJ "RITTIATM" uchun seminarlar jadvali»