2001 yilda 1-Toshkent Davlat tibbiyot institutini tugatgan. Mutaxassisligi kardiolog.
2001-2005 yillarda Birinchi Toshkent davlat tibbiyot institutida klinik ordinatura, aspirantura o‘tagan.
2005-2007 yillarda Toshkent tibbiyot akademiyasi kafedra assistenti.
2007-2010 yillarda Terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy tekshirish institutida doktarantura o‘tgan.
2011-2012 yillarda Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti revmatologiya va nefroligiya kafedra mudiri vazifasida ishlagan.
2013-2014 yillarda loyiha raxbari, 2014-2017 yillarda intervension kardiologiya bo‘limining rahbari lavozimlarida ishlagan.
2017 yildan buyon “Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi” davlat muassasasida direktor vazifasida ishlab kelmoqda.
1998-2002 yillarda shahar diagnostika markazida umumiy amaliyot shifokori lavozimida ishlagan.
2002 yildan 2004 yilgacha u klinik ordinaturani tamomlagan va keyin endoskopiya bo'yicha ixtisoslashgan. Endoskopiyada birinchi toifaga ega. 2009 yilda “Irritabiy ichak sindromida klinik-endoskopik va immunomorfologik tadqiqotlar (patogenetik va immunomorfologik jihatlar)” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.
2009 yildan kichik ilmiy xodim, 2012 yildan esa ovqat hazm qilish organlari patologiyasi kafedrasi katta ilmiy xodimi.
Tibbiyot fanlari doktori J.Ismailova 2024 yildan beri Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelmokda.
Internatura kursini 1986-1987 yillarda 1-Toshkent davlat tibbiyot
institutida o‘tgan.
1987-1994 yilgacha O‘zbekiston Respublikasi nogironlarni mexnatga layoqatligini tiklash ekspertiza ilmiy tekshirish institutida kichik ilmiy xodim, katta ilmiy xodimi, davolash ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari-bosh shifokor bo‘lib ishlagan.
1994-1997 yilgacha 1-Toshkent davlat tibbiyot institutida terapiya kafedrasida doktaranturada o‘qigan.
2000-2001 yillarda Mirzo-Ulug‘bek tuman xududiy birlashmasida bosh shifokorning davolash ishlari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.
2001-2004 illarda Toshkent shaxar Xokimiyati Sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi Mirobod tumani bosh shifokori sifatida ishlagan.
2004-2009 yillarda Toshkent shaxar 3-sonli klinik shifoxonasida bosh shifokor lavozimida ishlagan. 2009-2012 yillarda Xamza tumani tibbiyot birlashmasi bosh shifokori lavozimida ishlagan.
2012 yildan “Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi” davlat muassasasida direktorning davolash ishlari bo‘yicha o‘rinbosari - bosh shifokor lavozimda hozirgi kungacha faoliyat ko‘rsatib kelmokda.
1993 yil tibbiyot fan nomzodi, 2019 yil tibbiyot fan doktori ilmiy darajaga ega bo‘lgan.