Markazning asosiy yutug‘i 2014-yildan buyon intervension kardiologiya bo‘limida yurak tomirlarini stentlash operatsiyalari o‘tkazilmoqda. Koronar arteriyalarning surunkali tiqilib qolishi, bifurkatsion lezyonlari va boshqalar kabi eng murakkab lezyonlarini stentlash bo'yicha katta tajriba to'plangan.Miokard infarktida koronar arteriyalarni rekanalizatsiya va stentlash muntazam ravishda amalga oshiriladi. Hozirgi vaqtda har yili 1500 dan ortiq protseduralar o'tkaziladi, ularning doimiy o'sish tendentsiyasi mavjud.
Yuqoridagilardan tashqari, Markazimizda miya tomirlari, buyraklar, bachadon tomirlari va pastki ekstremitalarning arteriyalarida jarrohlik aralashuvlarni amalga oshirish imkoniyatini mavjud.