30-oktabr kuni Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy -amaliy tibbiyot markazi Reabilitatsiya ilmiy laboratoriyasi va European Lung Foundation hamkorligida "Hayot uchun sog'lom o'pkalar" shiori ostida keng qamrovli salomatlik tadbiri tashkil etildi. Tadbirning asosiy maqsadi aholi o'rtasida sog'lom turmush tarzi va o'pka salomatligini targ'ib qilish, chekishning zararli ta'sirlari haqida ma'lumot berishdan bo'lib, ishtirokchilar uchun chekishning o'pka va umumiy salomatlikka salbiy ta'siri hamda chekishdan voz kechishning afzalliklari tushuntirildi. Tadbir davomida sog‘lom turmush tarzini qo'llab-quvvatlash va salomatlikni mustahkamlash uchun muntazam jismoniy faollikning ahamiyati ham alohida ta'kidlandi. Bundan tashqari, nafas a'zolari tekshiruvi o'tkazilib, qatnashchilar o'z sog'lig'i haqida real vaqtda ma'lumot olish imkoniyatiga ega bo'lishdi.