Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va O‘zbekiston terapevtlar assostiasiyasi Sizlarni 2025 yil 10-11 oktyabr kunlari Toshkent shaxrida bo‘lib o‘tadigan “Ichki kasalliklarni tashxislash va davolashning dolzarb masalalari” mavzusida Xalqaro terapevtlar forumida ishtirok etishga taklif etadi.
Forumda xorijiy mamlakatlarning etakchi olim va mutaxassislari ishtirok etadi.
Forum mavzulari:
• Terapevtik bemorlarni diagnostikasi, davolash, profilaktikasi va reabilitasiyasida yangi innovasion texnologiyalar
• Nafas tizimi kasalliklari
• Yurak-qon tomir kasalliklari
• Oshqozon-ichak tizimi kasalliklari
• Revmatologik kasalliklar
• Buyrak kasalliklari
Tezislar 2025 yilning 10 sentyabriga qadar qabul qilinadi!!!