Background

Yangiliklar

Ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish yo‘lidagi yangi hamkorlik bosqichi!

Ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish yo‘lidagi yangi hamkorlik bosqichi!

Jahon bankining “MUNIS” loyihasi doirasida "Davlat ilmiy-tadqiqot institutlarini modernizatsiya qilish" (PRIM) grant dasturi asosida Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi hamda AMAREPHARM kompaniyasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

Ushbu hamkorlik qo‘shma ilmiy tadqiqotlar olib borish, innovatsion farmatsevtik va nutrasevtik yechimlarni joriy etish, shuningdek, tibbiy reabilitatsiya samaradorligini oshirishga qaratilgan. Shuningdek, ilmiy axborot almashinuvi, malaka oshirish dasturlari va zamonaviy davolash yondashuvlarini ilgari surish masalalariga alohida e’tibor qaratiladi.

Mazkur memorandum markazning ilm-fan, ta’lim va klinik amaliyotni integratsiyalash bo‘yicha strategik missiyasida muhim qadam bo‘ldi. AMAREPHARM bilan hamkorlik xalqaro aloqalarni mustahkamlaydi, texnologiyalar transferini tezlashtiradi va O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimida innovatsiyalarni joriy etish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.

Ulashish