RASMIIY TAKLIF MAKTUBI
Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi
Manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahri, Osiyo ko‘chasi, 4-uy, 100084
Direktor: professor B.A. Alyavi
Mavzu: “Raqamli sog‘liqni saqlash innovatsiyalarining global yo‘nalishlari: sun’iy intellekt, startaplar va klinik amaliyot” mavzusidagi xalqaro seminar
Vaqt: 2025-yil 28-noyabr, soat 10:00 -16:30
O’tkaziladigan joy: Wyndham Tashkent mehmonxonasi
Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi hamda PRIM-01-28 loyihasi jamoasi nomidan Sizni 28 noyabr kuni Wyndham Tashkent mehmonxonasida bo’lib o’tadigan “Raqamli sog‘liqni saqlash innovatsiyalarining global yo‘nalishlari: sun’iy intellekt, startaplar va klinik amaliyot” mavzusidagi xalqaro seminarda ishtirok etishga samimiy taklif qilamiz.
Ushbu nufuzli tadbir raqamli sog‘liqni saqlash, sun’iy intellekt, startaplar va klinik amaliyot sohalarida yetakchi mutaxassislarni birlashtiradi. Seminar doirasida sohaning yetakchi mutaxassislari, jumladan Oksford universiteti hamda Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ekspertlari, raqamli startaplar vakillari va milliy sog‘liqni saqlash rahbarlari va mutaxassislarining chiqishlari rejalashtirilgan.
Sizning tibbiyot sohasidagi tajribangiz fanlararo muloqotni boyitishga hamda tibbiy tadqiqotlar va klinik amaliyotni raqamli innovatsiyalar va salohiyatni oshirish orqali modernizatsiya qilishga qaratilgan PRIM loyihasi doirasida hamkorlik imkoniyatlarini kengaytirishga muhim ahamiyatga ega.
Quyida kun tartibi ilova qilinadi. Qo‘shimcha savollar yuzasidan biz bilan info@therapy.uz yoki j.uzakov@therapy.uz manzillari orqali bog‘lanishingiz mumkin:
Hurmat bilan,
Professor B.A. Alyavi
Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori
Seminar Dasturi
Mavzu: “Raqamli sog‘liqni saqlash innovatsiyalarining global yo‘nalishlari: sun’iy intellekt, startaplar va klinik amaliyot”
Sana: 28-noyabr 2025 yil
Joy: Wyndham Tashkent
Vaqt: 10:00 – 15:30 (netvorking)
|
Vaqt |
Sessiya / Mavzu |
Spiker |
|
10:00 – 10:10 |
Tashrif va Ochilish So‘zlari |
Markaz direktori / PRIM vakili |
|
10:10 – 10:40 |
Raqamli sog‘liqni saqlash va sun'iy intellekt – global tendensiyalar va chaqiriqlar |
Dr. Ruslan Sultanov, DSc, Sog‘liqni saqlashni raqamlashtirish agentligi direktori, Toshkent, O‘zbekiston |
|
10:40 – 11:10 |
Sog‘liqni saqlashda sun’iy intellekt: Algoritmdan zamonaviy amaliyotlargacha |
Dr. Vixrov Igor Petrovich, PhD, Tibbiyotda sun’iy intellekt bo‘yicha JSST global eksperti |
|
11:10 – 11:40 |
Kardiologiyada sun’iy intellekt: Klinik qo’llanilishi va mahalliy tajriba |
Dr. Jamol Uzokov, PhD, kardiolog, Toshkent, O‘zbekiston |
|
11:40 – 12:00 |
Kofe-breyk va Netvorking |
|
|
12:00 – 12:30 |
Laboratoriyadan bozordagi mahsulotgacha: Startaplar an’anaviy modellarga qanday ta’sir qilmoqda |
Nikita Starov, CEO, Kinestex, Ashxobod, Turkmaniston |
|
12:30 – 13:00 |
Sog‘liqni saqlash tizimlarida raqamli innovatsiya loyihalarini boshqarish |
Prof. Mixail Xamidulin, Loyiha boshqaruvi bo‘yicha ekspert, Toshkent, O‘zbekiston |
|
13:00 – 14:00 |
Tushlik |
|
|
14:00 – 14:30 |
Kardiotibbiyot uchun sun’iy intellekt: Oksford tadqiqotlarini klinik amaliyotga joriy etish |
Dr. Ikboljon Sobirov, PhD, Oksford Universiteti, Oksford, Buyuk Britaniya |
|
14:30 – 15:00 |
Klinik amaliyot va texnologiyalar kesishmasi: Mahalliy tajriba va integratsiya to‘siqlari |
Javohir Jahonov, Dasturiy muhandis, Adliya vazirligi, Toshkent, O‘zbekiston |
|
15:00 – 15:30 |
Munozara, fikr almashish, kelajakdagi hamkorlik yo‘nalishlari va asosiy xulosalar |
Moderator / PRIM jamoasi |
|
15:30 – 16:30 |
Norasmiy Networking (yengil taomlar) |