Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining ilmiy faoliyati toʼgʼrisida MА'LUMOT
Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazda qoʼyidagi ilmiy daraja va ilmiy unvoniga ega xodimlar oʼz faoliyatini yuritadi:
– 11 ta tibbiyot fanlar doktori (ulardan: 1 ta – akademik, 5 ta – professor);
– 15 ta - tibbiyot fanlar nomzodi va tibbiyot fanlar boʼyicha falsafa doktori (PhD).
Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga qabul qilingan doktorant (DSc), tayanch doktorant (PhD) va mustaqil izlanuvchilar soni:
2024 yilda:
- doktorant – 1 ta,
- tayanch doktorantlar – 2 ta,
- mustaqil izlanuvchi – 2 ta.
2025 yilga 14.00.05 -Ichki kasalliklar ixtisosligi boʼyicha 2 ta tayanch doktorantlar qabul qilindi va 1ta mustaqil izlanuvchi qabul qilindi.
Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida 5 ta Ilmiy laboratoriyaga (2021 yilda moliyalashtirilgan va ochilgan) oʼz faoliyatini yuritib kelmoqda va 2024 yilda qoʼyidagi yoʼnalishlar boʼyicha iltiy tadqiqotlar olib borilmoqda:
- “Kardiologiya” ilmiy laboratoriya: “Komorbid xolatlardagi yurak ishemik kasalligida qonni agregat holati va markaziy gemodinamikani boshqarish xususiyatlarini oʼrganish”, laboratoriya rahbari t.f.d., akademik Аlyavi А.L.
- “Gastroenterologiya” ilmiy laboratoriya: “Oshqozon-ichak traktining xelikobakter bilan asotsialashgan xastaliklarida va ichak yalligʼlanish kasalliklarida tashxis va davolashning texnologiyalarini takomillashtirish”, laboratoriya rahbari t.f.d., professor Karimov M.M.
- “Pulmonologiya” ilmiy laboratoriya: “Bronxial astmasi boʼlgan bemorlarda ogʼiz boʼshligʼining mikrobiologik holati va klinik-immunologik holatning oʼzaro bogʼliq oʼzgarishlarini erta tashxislash, kompleks reabilitatsiya davolash usullarini takomillashtirish”, laboratoriya rahbari t.f.d., professor Raximova D.А.
- “Revmatologiya” ilmiy laboratoriya: “Koksartroz va son suyagi boshi aseptik nekrozining yerta tashxislash va reabilitatsiya usullarini qiyosiy qoʼllash”, laboratoriya rahbari t.f.d., professor Аliaxunova M.Yu.
- “Reabilitatsiya” ilmiy laboratoriya: “Ichki aʼzolari kasalliklari bor bemorlarni reabilitatsiya bosqichlarida tabiiy va preformirlangan omillardan foydalangan holda tiklanish usullarni optimallashtirish va klinik-laboratorni instrumental koʼrsatkichlarini oʼrganish”, laboratoriya rahbari t.f.d. Аbdullaev А.X.