Background

Yangiliklar

Ilm-fan va tibbiyot sohasida xalqaro hamkorlik yo‘lida muhim qadam!

Ilm-fan va tibbiyot sohasida xalqaro hamkorlik yo‘lida muhim qadam!

Jahon bankining “MUNIS” loyihasi doirasida "Davlat ilmiy-tadqiqot institutlarini modernizatsiya qilish" (PRIM) grant dasturi asosida Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (RIT va TRIATM, Toshkent) va bosh shtabi Buyuk Britaniyaning Glazgo shahrida joylashgan SYNERGY PHARMCO LLC o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

Mazkur hamkorlikdan ko‘zlangan asosiy maqsad - klinik sinovlarni birgalikda o‘tkazish, ilmiy ma’lumotlar, materiallar va nashrlar bilan almashinish, hamda tibbiyot va farmatsevtika sohasidagi dolzarb mavzular bo‘yicha konferensiyalar va simpoziumlar tashkil etishdir.

Bu tashabbus ilmiy taraqqiyot uchun yangi ufqlarni ochadi, bilim va tajriba almashinuvini kuchaytiradi hamda ilmiy ishlanmalarni amaliyotga tatbiq etishga zamin yaratadi.

Ushbu hamkorlik terapiya va tibbiy reabilitatsiya sohalarida innovatsiyalarni ilgari surish hamda samarali ilmiy muloqot uchun mustahkam asos bo‘lib xizmat qiladi.

Ulashish