Background

Yangiliklar

O‘zbekiston ilm fani xalqaro maydonda o‘z o‘rnini tobora mustahkamlab bormoqda!

O‘zbekiston ilm fani xalqaro maydonda o‘z o‘rnini tobora mustahkamlab bormoqda!

2025-yil 21–23-may kunlari Italiyaning Genuya shahrida bo‘lib o‘tgan ESCI 2025 - Yevropa Klinik Tadqiqotlar Jamiyatining 58-yillik Ilmiy Anjumanida O‘zbekiston nufuzli ilmiy delegatsiya bilan munosib ishtirok etdi. Delegatsiyaning ishtirokini tashkil etish va butun jamoani muvofiqlashtirish ishlarini Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi ilmiy xodimi Uzokov J.K. amalga oshirdi. U, shuningdek, konferensiyadagi ilmiy sessiyalardan biriga moderatorlik qilib, o‘zbek fanining yutuqlarini muvaffaqiyatli taqdim etishda muhim rol o‘ynadi. Delegatsiya a’zolari zamonaviy klinik fan yo‘nalishlarini qamrab olgan bir qator og‘zaki va poster taqdimotlarini namoyish etdilar. Ularning chiqishlari ilmiy hamjamiyat tomonidan iliq kutib olindi. Tadbirning yorqin lahzalaridan biri bu “ESCI Champions League” - xalqaro jamoalar o‘rtasidagi intellektual musobaqada O‘zbekiston jamoasining ishtiroki bo‘ldi. Jamoa Portugaliyaning Koimbra jamoasidan so’ng ikkinchi o‘rinni egallab eng yuqori ball to‘plagan ishtirokchilardan biriga aylandi. Bu  professionallik, jamoaviy ish va xalqaro ilmiy taraqqiyotga bo‘lgan qat’iy intilishning yorqin namunasi!

Ulashish