RASMIIY TAKLIF MAKTUBI

Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi

Manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahri, Osiyo ko‘chasi, 4-uy, 100084

Direktor: professor B.A. Alyavi

Mavzu: “Raqamli sog‘liqni saqlash innovatsiyalarining global yo‘nalishlari: sun’iy intellekt, startaplar va klinik amaliyot” mavzusidagi xalqaro seminar

Vaqt: 2025-yil 28-noyabr, soat 10:00 -16:30
O’tkaziladigan joy: Wyndham Tashkent mehmonxonasi

 

Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi hamda PRIM-01-28 loyihasi jamoasi nomidan Sizni 28 noyabr kuni Wyndham Tashkent mehmonxonasida bo’lib o’tadigan “Raqamli sog‘liqni saqlash innovatsiyalarining global yo‘nalishlari: sun’iy intellekt, startaplar va klinik amaliyot” mavzusidagi xalqaro seminarda ishtirok etishga samimiy taklif qilamiz.

Ushbu nufuzli tadbir raqamli sog‘liqni saqlash, sun’iy intellekt, startaplar va klinik amaliyot sohalarida yetakchi mutaxassislarni birlashtiradi. Seminar doirasida sohaning yetakchi mutaxassislari, jumladan Oksford universiteti hamda Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ekspertlari, raqamli startaplar vakillari va milliy sog‘liqni saqlash rahbarlari va mutaxassislarining chiqishlari rejalashtirilgan.

Sizning tibbiyot sohasidagi tajribangiz fanlararo muloqotni boyitishga hamda tibbiy tadqiqotlar va klinik amaliyotni raqamli innovatsiyalar va salohiyatni oshirish orqali modernizatsiya qilishga qaratilgan PRIM loyihasi doirasida  hamkorlik imkoniyatlarini kengaytirishga muhim ahamiyatga ega.

Quyida kun tartibi ilova qilinadi. Qo‘shimcha savollar yuzasidan biz bilan info@therapy.uz yoki j.uzakov@therapy.uz manzillari orqali bog‘lanishingiz mumkin:

Hurmat bilan,

Professor B.A. Alyavi

Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori

 

Seminar Dasturi

Mavzu:Raqamli sog‘liqni saqlash innovatsiyalarining global yo‘nalishlari: sun’iy intellekt, startaplar va klinik amaliyot”

Sana: 28-noyabr 2025 yil

Joy: Wyndham Tashkent

Vaqt: 10:00 – 15:30 (netvorking)

 

Vaqt

Sessiya / Mavzu

Spiker

10:00 – 10:10

Tashrif va Ochilish So‘zlari

Markaz direktori / PRIM vakili

10:10 – 10:40

Raqamli sog‘liqni saqlash va sun'iy intellekt – global tendensiyalar va chaqiriqlar

Dr. Ruslan Sultanov, DSc, Sog‘liqni saqlashni raqamlashtirish agentligi direktori, Toshkent, O‘zbekiston

10:40 – 11:10

Sog‘liqni saqlashda suniy intellekt: Algoritmdan zamonaviy amaliyotlargacha

Dr. Vixrov Igor Petrovich, PhD, Tibbiyotda sun’iy intellekt bo‘yicha JSST global eksperti

11:10 – 11:40

Kardiologiyada sun’iy intellekt: Klinik qo’llanilishi va mahalliy tajriba

Dr. Jamol Uzokov, PhD, kardiolog, Toshkent, O‘zbekiston

11:40 – 12:00

Kofe-breyk va Netvorking

 

12:00 – 12:30

Laboratoriyadan bozordagi mahsulotgacha: Startaplar an’anaviy modellarga qanday ta’sir qilmoqda

Nikita Starov, CEO, Kinestex, Ashxobod, Turkmaniston

12:30 – 13:00

Sog‘liqni saqlash tizimlarida raqamli innovatsiya loyihalarini boshqarish

Prof. Mixail Xamidulin, Loyiha boshqaruvi bo‘yicha ekspert, Toshkent, O‘zbekiston

13:00 – 14:00

Tushlik

 

14:00 – 14:30

Kardio­tibbiyot uchun sun’iy intellekt: Oksford tadqiqotlarini klinik amaliyotga joriy etish

Dr. Ikboljon Sobirov, PhD,  Oksford Universiteti, Oksford, Buyuk Britaniya

14:30 – 15:00

Klinik amaliyot va texnologiyalar kesishmasi: Mahalliy tajriba va integratsiya to‘siqlari

Javohir Jahonov, Dasturiy muhandis, Adliya vazirligi, Toshkent, O‘zbekiston

15:00 – 15:30

Munozara, fikr almashish, kelajakdagi hamkorlik yo‘nalishlari va asosiy xulosalar

Moderator / PRIM jamoasi

15:30 – 16:30

Norasmiy Networking (yengil taomlar)