Markazimiz direktori “Sog‘lom avlod uchun” ordenining I darajasi bilan taqdirlandi
Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori, professor Baxromxon Alyavi “Sog‘lom avlod uchun” ordenining I darajasi bilan mukofotlandi.
Ushbu yuksak davlat mukofoti Baxromxon Alyavining sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish, tibbiyot ilmi va amaliyotini takomillashtirish, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini oshirish, shuningdek, mamlakatimizda sog‘lom avlodni tarbiyalash va aholi salomatligini mustahkamlash yo‘lidagi ko‘p yillik samarali mehnati va munosib hissasining e’tirofidir.
Mazkur mukofot nafaqat rahbarimizning ko‘p yillik fidokorona faoliyatiga berilgan yuksak baho, balki Markazimiz jamoasi uchun ham katta faxr va e’tirofdir.
Markazimiz jamoasi nomidan Baxromxon Alyavini ushbu yuksak mukofot bilan samimiy muborakbod etamiz! Kelgusidagi ilmiy, klinik va tashkiliy faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar, mustahkam sog‘liq va yangi yutuqlar tilaymiz!
Yuksak e’tirof muborak bo‘lsin!

